ABDULĞOZI BAHODIRXONNING “SHAJARAI TURK” ASARINING TARIXIY AHAMIYATI.

Authors

  • Zamira Suyunova

Keywords:

Abulg‘ozi Bahodirxon, Shajarai turk, tarixiy manba, Xiva xonligi, turkiy qabilalar, urug‘lar tarixi, etnografiya, adabiy meros, XVII asr, O‘rta Osiyo tarixi.

Abstract

Mazkur maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarining tarixiy, adabiy va ilmiy ahamiyati keng yoritib berilgan. Asarda XVII asr Xiva xonligi tarixiga oid siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotga doir ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, turkiy qabilalarning kelib chiqishi, urug‘lar tarixi, ularning nomlanishi, yashash hududlari va ularning ajdodlari haqidagi rivoyatlar bu asarning noyob tarixiy manba ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Abulg‘ozi tomonidan ishlatilgan boshqa tarixiy manbalar, jumladan “Boburnoma”, “Zafarnoma”, “Jome’ ut-tavorix” kabi asarlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Asar faqat tarixiy manba sifatida emas, balki adabiy va etnografik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik asar sifatida baholanadi.

References

G‘afforov Sh.S., Narmanov F.A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: SamDU nashr., 2013. – 75 b.

Abdullaeva M.D. Bobur va Abulg‘ozi. // Muloqot. Toshkent, 2003. – B. 33–34.

G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi. Toshkent, 1959.

Abdullaeva M.D. “Boburnoma” va “Shajara-i turk”ning qiyosiy tipologik tahlili. // Hozirgi davr til va adabiyoti masalalari. Ilmiy maqolalar to‘plami. Samarqand: SamDU nashri, 2001. – B. 33–38.

Agzamova G.A. Xivaning xonlik poytaxtiga aylanishiga doir ayrim ma’lumotlar. // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1997. – №6–7. – B. 84–87.

Allaeva N.A. Abulg‘ozixon haqida yana bir so‘z. // Imom al-Buxoriy saboqlari. – 2006. – №3.

Matyakubova M. XVI asrda Xiva xonligi. Ma’rifat yog‘dusi. – Urganch, 2007.

Published

2025-04-04