ELEKTRON TA’LIM MUXITIDA TALABALARNING MANTIQ ELEMENTLARINI O‘RGANISHGA MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • G‘iyosiddin Sa’dullayevich Bozorov

Keywords:

matematika, mantiqiy amallar, o‘qitish metodikasi, metodlar, muloxaza, mantiq, motivatsiya, soffizm, rost, yolg‘on, bilish motivlari va ijtimoiy motivlar.

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalariga elektron ta’lim muxitida mantiq orqali to‘g‘ri mulohaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va to‘g‘ri fikrlardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish usullarini o‘rgatish ya’ni matematik mantiq elementlarini o‘rganishga motivatsiyani shakllantirish, matematik misol va masalalarni yechishda mantiqiy amallarni to‘g‘ri qo‘llay olishlari xamda matematika fanining matematik mantiq elementlari bo‘limini o‘qitishda Elektronics Workbench (EWB) dasturini qo‘llash masalasi qaralgan. Buning uchun asosan talabalarda matematik mantiq elementlarini o‘rganishga ijobiy motivatsiyani shakllantirish bilan bog‘liq masalalar majmuasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagi guruhlarga ajratilgan.

Birinchi guruh masalalari matematika kursida o‘rganiladigan asosiy boshlang‘ich materiallarga tayaniladi. Ammo, boshlang‘ich matematika kursini yaxshi bilish masalalarni yechish uchun yetarli emas, chunki to‘g‘ri javobni olish uchun talaba o‘zining zukkoligini xam namoyish etish zarur. Ushbu masalalar nafaqat mavzuni chuqur va ongli o‘zlashtirishga yordam beradi, balki talabalarda fikrlashning egiluvchanligini ta’minlaydi.

Ikkinchi guruh masalalari murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan masalalardan, ya’ni birinchi darajali, ikkinchi darajali va uchinchi darajali murakkabliklarga ega bo‘lgan masalalardan iborat. Masalalarni murakkablik darajasiga ajratish esa ularni yechish uchun bajarilishi zarur bo‘ladigan mantiqiy amallar qadamlari soniga asosan amalga oshirilgan.

Masalalarning uchinchi guruhi o‘quvchilarda muloxazalardagi xatolarni topish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Matematik mantiq elementlarini o‘rganishda talabalar bir qator qiynchiliklarga duch kelayotganligi sababli masalalarning to‘rtinchi guruhi taklif etiladi. Masalalarning to‘rtinchi guruhi talabalarda muloxazalardagi xatolarni topish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan va ularda tanqidiy fikrlashning rivojlanishiga yordam beradi.

References

Игошин В.И. Дидактическое взаимодействие логики и математи¬ки //Педагогика. 2002. № 1. С. 51-56.

Маркова АХ и др. Формирование мотивации учения: Кн. для учителя/ А.К. Маркова, Т.А. Матис, А.Б. Орлов. - М.: Просвеще¬ние, 1990. - 192 с. - (Психол. наука - школе).

Тихонова А. Элементы математической логики // Газета «Математика». №42/2002; №4,5,14,22/2003.

Елифантьева С. С., Математическая логика: Учебно-методическое пособие. Ярославль: Издательство ЯГПУ им. К.Д. Ушинского, 2004. 32 с.

Bozorov G‘.S. Matematik mantiq elementlarini talabalarga noan’anaviy usulda o‘rgatish usullari. // “Xalq ta'limi” jurnali 2020-yil, 2-son 49-54-betlar.

Bozorov G‘.S. “Improve the knowledge of students, expressing mathematical reasons, using logic and restoring the logical function” (European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, Vol. 7 No. 12, 2019).

Bozorov G‘.S., Turdiboyev S.S. Methodology of teaching the concept of logical action to students. // “Materialien der XVII internationalen wissenschaftlichen und praktischen konferenz” Berlin-2020. spitzenforschung-2020 / Volume 13.

Bozorov G‘.S., Turdiboyev S.S. Developing mathematical and logical knowledge of school pupils. // “Materials of the XVIII international scientific and practical conference” England-2020. Modern views and research-2020 / Volume 11.

Published

2025-03-30