ZAMONAVIY VA TURK TILSHUNOSLIGIDA PARALINGVIZMLAR HODISASI TALQINI
Keywords:
paralingvistika, fonatsion, kinetik, grafik, noverbal vositalar, badan tili.Abstract
Mazkur maqolada tilshunoslikning paralingvistika sohasi, uning o’rganilganlik darajasi va jihatlari, tadqiqotlar talab qiluvchi o’rganilmagan yo’nalishlari haqida mulohaza yuritiladi. Paralingvistikaning fan sifatida shakllanishi, o’rganilishi jarayonida yuzaga kelgan tilshunoslik maktablari va bu masalani o’rganishdagi yondoshuvlari tadqiq etiladi. Insonlararo muloqotning muhim tomonini tashkil etuvchi noverbal muloqotning tildagi ifodalanishi paralingvistik vositalar bilan bog‘liq. Har bir xalqning milliy tarixi, madaniyati, an'analari, urf-odatlari, mentaliteti va dunyo qarashining mevasi sifatida shakllangan paralingvistik vositalar o‘ziga xos shaklga ega bo‘ladi. Paralingvistik vositalarning dunyo tilshunosligida o‘rganilishi tarixi, ularning talqin va tadqiq etilishining ilmiy asoslarini aniqlash va belgilashga harakat qilingan.