PIROLIZ JARAYONIDA IKKI BOSQICHLI YONISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Elbek To'lqin o'g'li Karimov

Keywords:

Piroliz, ikki bosqichli yonish biomassa, energiya samaradorligi, issiqlik energiyasi, ekologik xavfsizlik, termokimyoviy jarayonlar, chiqindi gazlar, yoqilg‘i gazlari, qayta tiklanuvchi energiya.

Abstract

Ushbu maqolada biomassa asosidagi piroliz jarayonida ikki bosqichli yonish tizimining konstruktiv va funksional jihatlarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Piroliz natijasida hosil bo‘lgan yonuvchi gaz va qattiq qoldiqlarning to‘liq va samarali yonishini ta'minlash uchun ikki bosqichli yonish texnologiyasi qo‘llanilishi muhim hisoblanadi. Mazkur texnologiyada birinchi bosqichda past kislorodli muhitda pirolitik gaz hosil qilinadi, ikkinchi bosqichda esa bu gaz optimal sharoitda, qo‘shimcha havo berilishi orqali to‘liq yonadi. Maqolada ushbu tizimning harorat rejimi, gaz oqimining yo‘nalishi, havo taqsimoti va yonish kamerasi dizayniga ta'siri nazariy tahlil qilinadi. Shuningdek, ikki bosqichli yonish orqali ajraladigan issiqlik miqdori va chiqindi gazlar tarkibi bo‘yicha ekologik afzalliklar ko‘rib chiqiladi. Taklif etilayotgan yechimlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni samarali tashkil qilish, sanoat va maishiy ehtiyojlar uchun energiya ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni PF-5853-son 23.10.2019 yil.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-343-son. 24.10.2023 yil.

Nazirov S.O’ (2024) “Global suv tanqisligi va o’zbekiston hududlariga suv tanqisligi muammosining ta’siri”, Global iqlim o’zgarishi oqibatlari, suv tanqisligini yumshatishning hozirgi holati va istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya 145-148-betlar 2024-y 19-20-mart.

Mоrоzоvа, K.M. Prinsipi rаschetа sistem biоlоgicheskоy оchistki stоchniх vоd [Tekst] / K.M. Mоrоzоvа // Vоdоsnаbjenie i sаnitаrnаyа teхnikа. - 2009. 26-31-betlar.

Каримов Э. Т. (2023). МАМАЛАКАТИМИЗДА ЕНГИЛ АВТОМОБИЛ ЮВИШ ШАХОБЧАЛАРИНИНГ ОҚОВА СУВЛАРИНИ ОҚИЗИШДА ЯНГИ ТИЗИМЛАРНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ. Educational Research in Universal Sciences, 2(11), 263–267.

Sattorov A., & Karimov , E. (2023). QURILISH MATERIALINI ISHLAB

CHIQARUVCHI SANOAT PECHLARIDA GAZ YOQILG‘ISI YONUV ISSIQLIQ MIQDORLARINING NAZARIY TENGLAMALARINI TUZISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(11), 313–317.

Sattorov A., & Karimov , E. (2023). HAVO ALMASHINUV TIZIMIDA UYNI ISITISHGA SARFLANADIGAN ISSIQLIK QIYMATINI XISOBLASH. Educational Research in Universal Sciences, 2(11), 318–321.

Published

2025-06-01