MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI.

Authors

  • Dildora Tojimova

Keywords:

Kompetensiya, Reflektiv, Specialist Track, EYLF, Mentorlik.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Pedagoglarning zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish zaruriyati asoslab berilgan. Maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi samarali metodlar – doimiy malaka oshirish, innovatsion yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish platformalarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini oshirish ta’lim sifatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Maqola maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va pedagoglar uchun foydali ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida (PQ-4312-sonli qaror, 2019-yil),

Z.F. Azizova. “Qo`g`irchoq teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy va estetik fazilatlarni shakllantirish”. Autoref. pfn T:2020-52b

Yu.P. Azarov Magistr diplomi. M.: “Prosveshchenie”, 1971.-126 b

N.Azizxodjaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2003. - b. 175.

J.G Yoldoshev, S.A.Usmonov “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish”. Toshkent.: “Fan va texnika” 2008. -132 b.

F.M.Rahimova. Kreativnogo poznavatelnogo mishleniya detey doshkolnogo vozrasta rivojlanishini faollashtirish. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” ilmiy, masofaviy, onlayn konferentsiya materiallari. p. 66-70.

A. Abdullaev. “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining istiqbolli yo‘nalishlari”. Xalqaro ilmiy va joriy tadqiqot konferensiyalarida (70-77-betlar).

Sh.Saidqulov. “Uzluksiz pedagogik ta’lim va rivojlantirish muammolari”. – Samarqand: SamDu, 1996.-76b

Published

2025-05-09